O'zbekiston sportideSport Tahririyati 2

Oʻzbek futbolchisi Evropa Chempionlar ligasidagi yurishini gʻalaba bilan boshladi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga nomzod boʻlgan yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etgan oʻzbek futbolchilari qatoriga qoʻshildi.

Oʻzbek futbolchisi Evropa Chempionlar ligasidagi yurishini gʻalaba bilan boshladi

Evropa maydonlarida UEFA Chempionlar ligasining saralash bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda. Oʻtgan mavsum yakunlariga koʻra Ozarbayjon chempionligiga erishgan "Sabax" klubi birinchi saralash bosqichining ilk uchrashuvida Uelsning "Nyu-Seyns" jamoasini qabul qildi.

Bokuliklar qitʼaning eng nufuzdi turniridagi debyutini muvaffaqiyatli oʻtkazib, gʻalaba bilan yakunlandi.

Birinchi boʻlimda har ikki jamoa ham raqib darvozasiga yoʻl topish uchun faol harakat qildi, biroq ustunlikni hisobda namoyon etishning iloji boʻlmadi. Hujumlar koʻp boʻldi, lekin aniq zarbalar etishmadi va tanaffusgacha tabloda nollar saqlanib turdi.

Ikkinchi taymda oʻyin surʼati yanada oshdi va bu safar mezbonlar oʻz imkonini qoʻldan boy bermadi. 66-daqiqaga kelib, "Sabax" futbolchilari hisobni ochdi. Velko Shimich raqib darvozasini ishgʻol etdi, unga golli pasni Timoteush Puxach uzatdi.

Uchrashuvning 84-daqiqasida esa "Sabax" ikkinchi bor gol urdi. Bu safar Kaxim Perris oʻz nomini tabloga yozdirdi.

"Nyu-Seyns" jamoasi hisobni qisqartirish yoki vaziyatni oʻzgartira olish uchun jiddiy qarshilik koʻrsata olmadi va mehmonlar maydonni golsiz tark etdi.

Taʼkidlash joizki, Evropa Chempionlar ligasining yangi mavsumida oʻzbek futbolchisi ham maydonga tushdi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga nomzod boʻlgan yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev "Sabax"ning boshlangʻich tarkibidan joy oldi va roppa-rosa bir soat oʻynadi.

Oʻzbek futbolchisi Evropa Chempionlar ligasidagi yurishini gʻalaba bilan boshladi

Shu tariqa, Rahmonaliev Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etgan oʻzbek futbolchilari qatoriga qoʻshildi.

Endi "Sabax" futbolchilari keyingi bosqichga chiqish uchun bir haftadan keyin Uelsda boʻladigan javob uchrashuvida ijobiy natijani saqlab qolishi talab etiladi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: