Evropaga yo'l olgan ikki futbolchimizni nimalar kutmoqda?
O'zbekiston yosh futbolchilari Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov Portugaliyaning "Braga" klubiga o'tishdi. Ular "Braga U23" tarkibiga qo'shildi.

Evropaga yo'l olgan ikki futbolchimizni nimalar kutmoqda?
Sports.uz portali O'zbekiston futbolining yangi avlod vakillari – Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov Portugaliyaning eng kuchli klublaridan hisoblangan "Braga"ga yo'l olgani haqida ma'lumot bergan edi.
Nufuzli manba – Transfermarkt portali har ikki futbolchining "Braga U23" tarkibiga qo'shilganini transferlar ro'yxatida tasdiqladi. Ularning yangi klubdagi shartnomasi va U23 jamoasiga ro'yxatdan o'tgani qayd etilgan.

Xalqaro tahlilchilar bahosiga ko'ra, "Braga" iqtidorli yoshlarni rivojlantirish bo'yicha Evropadagi eng yaxshi akademik tizimlardan biri hisoblanadi. Futbolchilarning U23 jamoasi orqali asosiy tarkibga o'tishi klubdagi odatiy yo'li sanaladi. O'zini ko'rsata olgan futbolchilarga qisqa fursatda Portugaliya chempionatining yuqori divizionida debyut qilish imkoni beriladi.
Xorijlik ekspertlar Hasanov va Sodiqrv transferini O'zbekiston futbolchilariga Evropa klublari qiziqishi ortib borayotganining davomi sifatida e'tirof etmoqda. So'nggi yillarda o'zbek yoshlari xalqaro musobaqalarda yaxshi natija ko'rsatgani Portugaliya klublarining ham e'tiborini tortgan.
Agar Hasanov va Sodiqov o'zlarini ko'rsata olsa, kelajakda ularning "Braga"dan Angliya Premer-ligasi, Ispaniya La Ligasi yoki boshqa etakchi chempionatlarga yo'l olishi uchun yaxshi imkoniyat paydo bo'ladi. Bugungi kunda jahon futbolida "Braga" orqali Evropa top-klublariga yo'l olgan futbolchilar ko'pchilik tashkil qilmoqda.