O'zbekiston sportideSport Tahririyati 6

Superliga transferlari: "Dinamo", "Qoʻqon-1912", "Andijon" va "Navbahor" tarkibida oʻzgarishlar boʻldi

O'zbekiston Superligasi jamoalari yangi bosqichga tayyorgarlik ko'rar ekan, tarkiblarda o'zgarishlar kuzatilmoqda. "Andijon", "Navbahor", "Dinamo" va "Qo'qon-1912" klublari o'z tarkiblarida o'zgarishlar qilmoqda.

Superliga transferlari: "Dinamo", "Qoʻqon-1912", "Andijon" va "Navbahor" tarkibida oʻzgarishlar boʻldi

Superliga bahslari Jahon chempionati sabab yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng qayta boshlanish arafasida. Jamoalar yangi bosqichga tayyorgarlik ko'rar ekan, tarkiblarda ham o'zgarishlar kuzatilmoqda.

Jumladan, Rahimjon Davronov, Jamshid Boltaboyev, Ibrohim Yo'ldoshev hamda Igor Golban "Andijon" klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. "Navbahor" esa Katulondi Kati va Sherzod G'ulomjonov bilan xayrlashdi. Shuningdek, "lochinlar" o'z safiga Joel Kojoni qo'shib oldi.

Ulug'bek Hoshimov, Til Mavretich, Mahamadu Dembele va Dramane Salu "Dinamo" klubini tark etdi. "Qo'qon-1912" esa darvozabon Rahimjon Davronov transferini rasman e'lon qildi.

Ma'lumot uchun, Superliga 16 iyul kuni start oladi.

O'zbekiston Superligasi
Manba:Sports.uz
Ulashish: