Fabio Kannavaro: "Faqat bitta afsusim bor — barchaga etarlicha oʻyin amaliyoti bera olmadim"
Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro futbolchilariga minnatdorchilik bildirdi

Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Jahon chempionati biz uchun yakunlanganidan soʻng oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali futbolchilariga minnatdorchilik bildirdi.
"Biz uchun ilk Jahon chempionati oʻz nihoyasiga etdi.
Men futbolchilarim bilan faxrlanaman. Eng qiyin pallalarda ham ular maydonga har safar chiqqanlarida bor kuchlarini berishdi va hech qachon oʻzlarini ayashmadi.
Bosim ham, katta kutilmalar ham bor edi. Ammo natijalardan qatʼi nazar, ular umrbod yodda qoladigan tajriba orttirishdi. Bu ularning ham futbolchi, ham inson sifatida oʻsishiga yordam beradi.
Ularni “mening futbolchilarim” deb atashdan ortiq faxrlantiradigan narsa yoʻq.
Faqat bitta afsusim bor — barchaga etarlicha oʻyin vaqti bera olmadim. Chunki ularning har biri Jahon chempionati orzusini maydonda yashashga munosib edi.
Rahmat, yigitlar! Bu hikoya hali tugamadi", — deb yozdi Kannavaro.
