FutboldeSport Tahririyati 9

Ferran Torres «Barselona»ni tark etishga tayyor

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres yaqin vaqt ichida «PSJ» safiga oʻtishi mumkin. U kataloniyalik klub taklif qilgan yangi shartnoma shartlaridan qoniqmagan.

Ferran Torres «Barselona»ni tark etishga tayyor

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres yaqin vaqt ichida «PSJ» safiga oʻtishi mumkin. Bu haqda El Desmarque nashri xabar bermoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, futbolchi kataloniyalik klub taklif qilgan yangi shartnoma shartlaridan qoniqmagan. Unga taklif etilgan maosh miqdori ham, yangi bosh murabbiy Xansi-Diter Flik qoʻl ostida maydonga tushish imkoniyatlari ham maʼqul emas. Torres oʻzini etarlicha qadrlanmayotganini his qilmoqda va shartlar yaxshilanmasa, jamoani tark etishga tayyor.

Shu bilan birga, futbolchini «PSJ» varianti jiddiy oʻylantirmoqda. Parij klubining taklifi haqida uning agentlari allaqachon xabardor. Torresni, ayniqsa, «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike unga jamoada muhim oʻrin berishga tayyor ekani oʻziga jalb qilmoqda.

Ferran Torres

Ferran Torresning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar moʻljallangan. OAV maʼlumotlariga koʻra, sport direktori Deku uning ehtimoliy transferi uchun taxminan 50 million evro atrofida mablagʻ soʻramoqda.

Manba:Sports.uz
Ulashish: