Norvegiya Tramp ustidan shikoyat kiritadi
Norvegiya Futbol assotsiatsiyasi AQSh prezidenti Donald Trampning FIFA ishlariga aralashuvi yuzasidan xalqaro tashkilotning etika qo'mitasiga rasmiy shikoyat kiritishga tayyorlanmoqda.

Norvegiya Futbol assotsiatsiyasi AQSh prezidenti Donald Trampning FIFA ishlariga aralashuvi yuzasidan xalqaro tashkilotning etika qo'mitasiga rasmiy shikoyat kiritishga tayyorlanmoqda.
Bu haqda The Times nashri jurnalisti Martin Zigler xabar berdi.
Gap AQSh terma jamoasi hujumchisi Florian Balogun bilan bog'liq vaziyat haqida ketmoqda. U Bosniya va Gertsegovinaga qarshi 1/16 final bahsida (2:0) maydondan chetlatilgan edi. Keyinchalik Balogunga berilgan diskvalifikatsiya bir yillik sinov muddati bilan to'xtatib turildi va natijada u Belgiyaga qarshi 1/8 final uchrashuvida (1:4) maydonga tushdi.
Shundan so'ng Donald Tramp ushbu jarayonga shaxsan aralashganini ochiq tan oldi.
Turli ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, AQSh prezidenti FIFA rahbari Janni Infantino bilan suhbatda Balogunning maydondan chetlatilishini bekor qilishga ishontirgani aytilmoqda.
