Luka Modrich "Milan" bilan shartnomasini uzaytirdi
Luka Modrich "Milan" bilan shartnomasini 2027 yil 30 iyuniga qadar uzaytirdi. 40 yoshli yarim himoyachi yana bir mavsumga "Milan"da qolishni ma'qul ko'rdi.

40 yoshli yarim himoyachi Luka Modrich yana bir mavsumga «Milan»da qolishni ma'qul ko'rdi. Xorvatiya terma jamoasi sardorlaridan biri bo'lgan futbolchining klub bilan yangi shartnomasi 2027 yil 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
«Milan» rasmiy bayonotida shunday deyiladi: «Klubimiz katta mamnuniyat bilan Luka Modrich bilan yangi shartnoma imzolanganini e'lon qiladi. Jamoamizga kelgan ilk kunlaridanoq Modrich «rossoneri» yarim himoyasining markaziy figurasiga aylandi. U maydonda ham, maydondan tashqarida ham o'zining katta tajribasi va yuksak mahoratni namoyish etib kelmoqda, doimiy ravishda kamtarlik va ishga bo'lgan katta sadoqatini ko'rsatmoqda. Jahon futbolidagi eng kuchli va eng ramziy futbolchilardan biri bo'lgan xorvat futbolchisi «Milan» safida o'z faoliyatini davom ettiradi. U o'tgan mavsumda klub tarkibida 37 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va jamoa bilan birga yangi, muhim marralarni zabt etishga intilmoqda. Luka Modrich «Milan»da 14-raqam ostida o'ynashda davom etadi», — deyilgan Italiya klubining rasmiy xabarnomasida.

Eslatib o'tamiz, Luka Modrich bir yil avval «Real» klubini erkin agent sifatida tark etib, «Milan» safiga qo'shilgan edi.