FutboldeSport Tahririyati 19

Argentina futboli rahbari AQSh tomonidan qo'lg'a olindi

Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapia AQShda hibsga olingan. Uning noutbuklari va mobil telefonlari musodara qilingan.

Argentina futboli rahbari AQSh tomonidan qo'lg'a olindi

Argentina futboli rahbari AQSh tomonidan qo'lg'a olindi

AQSh Federal tergov byurosi (FBR) jahon chempionati finali yakunlangach, Nyu-York aeroportida Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapiani hibsga oldi. Bu haqda argentinalik TN telekanali xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Tapia va assotsiatsiyaning boshqa vakillaridan noutbuklar hamda mobil telefonlar olib qo'yilgan.

Argentina futboli rahbari Klaudio Tapia

Hujjatlarda qayd etilishicha, Klaudio Tapia, AFA g'aznachisi Pablo Tovigino va tashkilot rahbariga yaqin tadbirkor sifatida tilga olinayotgan Xaver Faroni 30 iyul kuni Florida shtati Janubiy okrugi sudida ko'rsatma berishi kerak.

Bu voqea AFA bilan bog'liq moliyaviy va tijorat bitimlari yuzasidan olib borilayotgan tekshiruvlar fonida sodir bo'ldi. Oxirgi haftalarda ayniqsa Faroni va uning rafiqasi tomonidan Janubiy Floridada kamida to'rtta lyuks ko'chmas mulk xarid qilinishi bo'yicha surishtiruv faollashgan. Ushbu ob'ektlarning umumiy qiymati 11 million dollardan oshib ketishi aytilmoqda.

Shu bilan birga, AQSh Adliya vazirligi AFA moliyaviy faoliyati yuzasidan dastlabki tekshiruvni davom ettirmoqda. Tergovchilar tashkilot bilan bog'liq mablag'larning bir qismi AQSh bank tizimi orqali o'tar ekan, ular moliyaviy firibgarlikka oid jinoyatlarga sabab bo'lgan-o'lmaganini aniqlashga urinayotgani ma'lum qilingan.

Manba:Sports.uz
Ulashish: