APLda shov-shuvli transfer kutilayapti
«Arsenal» «Tottenxem» himoyachisi Kristian Romeroni sotib olish niyatida. Transfer qiymati 50 million evro atrofida.

APLda shov-shuvli transfer kutilayapti. Manbalarga koʻra, «Arsenal» Angliya premer-ligasida katta shov-shuvga sabab boʻladigan transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
London klubi asosiy maqsad sifatida «Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romeroni koʻzlagan. Futbolchi uchun kurashda Mikel Arteta jamoasiga yana bir yirik klub – «Inter» raqobat qilishi mumkin.

Argentinalik himoyachining «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali bahosiga koʻra, Romeroning bozor qiymati 50 million evro atrofida.
Kristian Romero 2022 yildan buyon «Tottenxem» sharafini himoya qilib kelmoqda. U London klubiga «Atalanta» tarkibidan oʻtgan edi.