FutboldeSport Tahririyati 11

Real" Vinisiusni 160 million evrodan arzonga sotmaydi

Real" klubi prezidenti Florentino Peres Vinisius Junior uchun 160 million evro miqdorida transfer narxini belgiladi

Real" Vinisiusni 160 million evrodan arzonga sotmaydi

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoa yarimhimoyachisi, qanot hujumchisi Vinisius Junior uchun 160 million evro miqdorida transfer narxini belgiladi. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha moʻljallanganiga qaramasdan, klub uni ancha yuqori baholamoqda.

Manba maʼlumotiga koʻra, 160 million evrodan kam takliflar «Real» rahbariyati tomonidan umuman koʻrib chiqilmaydi. Xabarda taʼkidlanishicha, madridliklar ushbu summaga Vinisiusning gollari, samaradorligi va soʻnggi yillarda jamoa qoʻlga kiritgan sovrinlarga qoʻshgan hissasini ham qoʻshib hisoblagan.

Vinisius Junior

Manba «Arsenal» klubining braziliyalik futbolchiga boʻlgan qiziqishini tasdiqlagan, biroq hozircha ikki jamoa oʻrtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagani qayd etilgan. London klubi faol harakatga faqat bitta shart bilan oʻtadi: agar Vinisius «Real» bilan shartnomani uzaytirmasligi aniq boʻlsa.

Eslatib oʻtamiz, «Real» Madrid XX asrning eng yaxshi klubi sifatida tan olingan boʻlib, bu unvonga jamoaning Evropa va ichki musobaqalardagi koʻplab yutuqlari asos boʻlgan.

Manba:Sports.uz
Ulashish: