FutboldeSport Tahririyati 4

Neymar "Santos" oʻyinchilari bilan janjallashdi

Braziliya futbolining eng yorqin namoyandalaridan hisoblangan Neymar yana koʻngilsiz voqealar markaziga tushib qoldi. U "Shapekoense"ga qarshi oʻyindan soʻng jamoadoshlarini qattiq tanqid ostiga olgan.

Neymar "Santos" oʻyinchilari bilan janjallashdi

Braziliya futbolining eng yorqin namoyandalaridan hisoblangan Neymar yana koʻngilsiz voqealar markaziga tushib qoldi.

Braziliya ommaviy axborot vositalari xabariga koʻra, "Shapekoense"ga qarshi oʻyindan soʻng jamoa hujumchisi jamoadoshlari — yarim himoyachi Gabriel Bontempo va himoyachi Joau Ananiasni qattiq tanqid ostiga olgan.

Neymar

Maʼlumotlarga qaraganda, Neymarning bunday harakati nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar shtabi va klub rahbariyatiga ham yoqmagan. Jamoa ichidagi muhit yomonlashib ketishidan xavotirlar paydo boʻlgani aytilmoqda.

Globo Esporte manbasi yozishicha, "Santos" rahbariyati sodir boʻlgan vaziyat yuzasidan ichki tekshiruv oʻtkazishni rejalashtirgan.

Manba:Sports.uz
Ulashish: