FutboldeSport Tahririyati 14

Keladigan bormi? “Tottenxem”ga yana ikki hujumchi oladi

“Tottenxem” bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar yana ikki nafar hujumchi futbolchi xarid qilishni istamoqda.

Keladigan bormi? “Tottenxem”ga yana ikki hujumchi oladi

Mavsumga jiddiy tayyorgarlik koʻrayotgan “Tottenxem” bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar yana ikki nafar hujumchi futbolchi xarid qilishni istamoqda.

Bu yozda “Tottenxem” transferlar uchun 237 million funt sterling sarflab, klub tarixidagi transfer rekordini ikki marta yangiladi. Jamoa tarkibiga olti nafar yangi futbolchi kelib qoʻshildi, ammo De Dzerbi bu bilan cheklanmoqchi emas.

Endi maqsad – hujum chizigʻini yanada kuchaytirish. Biz birinchi darajali maqsadlarimiz boʻlgan futbolchilarni qoʻlga kiritishni istaymiz.

Bizda muhim oʻyinchilar bor, lekin yangi loyihani boshlash uchun yana bir-ikki nafar yuqori saviyali futbolchi kerak.

Transfer bozoridagi ishimizni hali tugatmadik. Yana kamida ikki nafar futbolchi olishimiz shart. Balki undan ham koʻproq boʻlishi mumkin, ammo ikki nafardan kam emas, - dedi De Dzerbi Sky Sports nashriga.

Tottenxem
Manba:Sports.uz
Ulashish: