FutboldeSport Tahririyati 14

Mourinoga mos kelmagan va "Real"ni tark etadigan oʻyinchilar roʻyxati chiqdi

Madridning "Real" klubi tarkibni qisqartirish va yangi bosh murabbiy Joze Mourino rejalariga toʻgʻri kelmaydigan futbolchilar bilan xayrlashish ustida ish olib bormoqda.

Mourinoga mos kelmagan va "Real"ni tark etadigan oʻyinchilar roʻyxati chiqdi

Madridning "Real" klubi tarkibni qisqartirish va yangi bosh murabbiy Joze Mourino rejalariga toʻgʻri kelmaydigan futbolchilar bilan xayrlashish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manba maʼlumotlariga koʻra, klub himoyachi Raul Asensio hamda hujum chizigʻida oʻynaydigan Gonsalo Garsiya va Franko Mastantuono bilan yoʻllarni ajratishni rejalashtirgan.

Real Madrid

Qayd etilishicha, Asensio vaziyatni oʻz foydasiga oʻzgartirish va jamoada qolishni istayapti, ammo bu ehtimol juda past baholanmoqda. Uning agenti Jorje Mendesh futbolchiga yangi klub izlashga kirishgan.

Shu bilan birga, Garsiya va Mastantuono yaqin kunlarda "Real"ni tark etishini biladi: birinchisi klubni butunlay tark etsa, ikkinchisi ijara asosida jamoadan ketishi kutilmoqda.

Shuningdek, yarim himoyachilar Braim Dias va Eduardo Kamavinga ham Mourinoning kelasi mavsum uchun asosiy tarkib rejalarida markaziy oʻrin tutmayapti. Shunga qaramay, bu bosqichda ularning kelajagi hali ham madridliklar bilan bogʻliq, chunki har ikki futbolchi ham jamoada qolish va asosiy tarkib uchun kurashish niyatida ekanini ochiq bildirgan.

Manba:Sports.uz
Ulashish: