FutboldeSport Tahririyati 5

Ovora boʻlmang! "Real" va "Liverpul" yuz million evrolik taklif bilan rad javobini oldi

"Real" va "Liverpul" "Leyptsig" hujumkor futbolchisi Yan Diomande uchun 100 million evrolik taklif bilan rad javobini oldi.

Ovora boʻlmang! "Real" va "Liverpul" yuz million evrolik taklif bilan rad javobini oldi

Evropaning ikki grandi - «Real» va «Liverpul» rahbariyati «Leyptsig» hujumkor futbolchisi Yan Diomande uchun 100 million evro taklif etdi, ammo nemis klubi bu taklifni rad qildi.

Bu haqda jurnalist Filipp Xintse ijtimoiy tarmoq X da xabar berdi.

Manba maʼlumotiga koʻra, Diomandega jiddiy qiziqish bildirgan PSJ hozircha rasmiy taklif yoʻllamagan.

Oʻtgan mavsumda Diomanda barcha musobaqalar doirasida 36 oʻyinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi «Leyptsig» bilan 2030 yil yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, yosh hujumchining bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi.

Yan Diomande
Manba:Sports.uz
Ulashish: