FutboldeSport Tahririyati 17

Ronaldu mundialdan soʻng "An-Nasr" boʻyicha qaror qabul qildi

Krishtianu Ronaldu Saudiyaning "Al-Nasr" jamoasi rahbariyatidan transfer bozorida mustaqil ravishda ishlashni soʻragan. Unga koʻra, jamoa tarkibini shakllantirishga oid barcha qarorlar bevosita klubning sport departamenti tomonidan qabul qilinishi kerak.

Ronaldu mundialdan soʻng "An-Nasr" boʻyicha qaror qabul qildi

Ronaldu mundialdan soʻng "An-Nasr" boʻyicha qaror qabul qildi

Saudiyaning «Al-Nasr» jamoasi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubning transfer siyosatida oʻz taʼsirini kuchaytirishni maqsad qilgani xabar berilmoqda.

365Scores Arabic nashri maʼlumoticha, portugaliyalik yulduz «An-Nasr» rahbariyatidan transfer bozorida mustaqil ravishda ishlashni soʻragan. Unga koʻra, jamoa tarkibini shakllantirishga oid barcha qarorlar bevosita klubning sport departamenti tomonidan qabul qilinishi, tashqi tuzilmalar aralashuvisiz amalga oshirilishi kerak.

Ronaldu

Shu yoʻl bilan 41 yoshli forvard «An-Nasr» atrofida ichki chempionat va osiyo musobaqalarida muntazam ravishda sovrinlar uchun kurasha oladigan uzoq muddatli loyiha barpo etishga hissa qoʻshmoqchi.

Klubning asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida hanuz «Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh tilga olinmoqda. Xabarlarga koʻra, «An-Nasr» Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisini olish uchun yana bir, ehtimol oxirgi urinishni amalga oshirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Rasmiy muzokaralar boshlanishidan oldin saudiyaliklar Fernandeshning moliyaviy talablarini aniqlab olishni rejalashtirgan. Ronaldu esa milliy jamoadagi sherigini Er-Riyadda faoliyatini davom ettirishga shaxsan koʻndirishga tayyor ekani aytilmoqda. Ilgari Brunu bir necha bor Saudiya Arabistoni klublari bilan bogʻlangan, ammo u shu paytgacha Evropa futbolida qolishni maʼqul koʻrgan edi.

Shu bilan birga, «An-Nasr» yozgi transfer oynasidan oldin yangi futbolchilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan moliyaviy samaradorlik sertifikatiga ega boʻldi. Qolgan cheklovlar toʻliq bekor qilingach, klub yangi shartnomalar tuzish va amaldagi kelishuvlarni uzaytirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Al-Riyadiyah nashri yozishicha, «An-Nasr»ning Saudiya Arabistoni Sport vazirligi va mahalliy liga oldida muddati oʻtgan qarz yoki majburiyatlari yoʻq. Klub davlat tomonidan koʻzda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni ham olgan, uning bir qismi yulduz futbolchilarni xarid qilishga yoʻnaltirilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 2026 yilgi jahon chempionatida Krishtianu Ronaldu beshta oʻyin oʻtkazib, uchta gol urdi. 41 yoshli hujumchi tarixda olti mundialda gol urgan ilk futbolchiga aylandi va jahon chempionatlaridagi umumiy gollari sonini 11 taga etkazdi. Brunu Fernandesh ham Portugaliya terma jamoasining barcha besh uchrashuvida maydonga tushib, bir golli uzatma muallifi boʻldi. Portugaliya terma jamoasi musobaqani 1/8 finalda yakunladi, bu bosqichda kelajakdagi chempion — Ispaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: