Aston Villa "Chelsi" hujumchisi boʻyicha muzokara boshladi
"Aston Villa" klubi "Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson transferi boʻyicha londonliklar bilan muzokara boshlagani xabar qilinmoqda.

«Aston Villa» klubi «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson transferi boʻyicha londonliklar bilan muzokara boshlagani xabar qilinmoqda.
Insayder Nikolo Skira maʼlumotiga koʻra, birmingemliklar bosh murabbiyi Unai Emeri futbolchini «Vilyarreal»da birga ishlagan davridan yaxshi biladi va uni oʻz jamoasida koʻrishni istamoqda. Shu bilan birga, Jeksonning maoshi juda yuqori deb baholanmoqda, «Chelsi» tomonidan soʻralayotgan transfer puli esa talabdan ortiq, deb hisoblanyapti.
Nikolas Jekson 2023 yil yozidan buyon «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa tarkibida 81 ta oʻyinda maydonga tushib, 30 ta gol urgan va 12 ta golli pas bergan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha moʻljallangan, uning bozor qiymati esa taxminan 40 million evro atrofida baholanmoqda.
