FutboldeSport Tahririyati 21

De la Fuente JCh-2026 finalidan keyin argentinaliklarning xatti-harakatini qabul qilib bo'lmay deb atadi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Jahon chempionati–2026 finalidan so'ng Argentina terma jamoasi futbolchilari o'zini tutishiga munosabat bildirdi.

De la Fuente JCh-2026 finalidan keyin argentinaliklarning xatti-harakatini qabul qilib bo'lmay deb atadi

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Jahon chempionati–2026 finalidan so'ng Argentina terma jamoasi futbolchilari o'zini tutishiga munosabat bildirdi. Uning ta'kidlashicha, maydonda sodir bo'lgan holatlar «qabul qilib bo'lmaydigan va mutlaqo nomaqbul».

Mojaro «Nyu-York Nyu-Djersi» stadionida, ispanlar tarixda ikkinchi bor jahon chempioni bo'lgani e'lon qilingan zahoti yuzaga kelgan. Ispaniya qo'shimcha daqiqalarda 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

Tortnishuv markazida Nauel Molina va Leandro Paredes qoldi. Molina Rodriga tashlansa, Paredes Erik Garsiya bilan tortishib qolgan. Shuningdek, Paredes Gavi bilan ham og'zaki janjalga kirishgani aytilmoqda.

«O'sha paytda nima bo'layotganini tushunmaganman. Men g'alabani nishonlar, jamoadoshlarimni quchoqlardim, — dedi De la Fuente ispan televideniesiga bergan intervyusida. — Lekin qanday holat bo'lishidan qat'i nazar, buni oqlab bo'lmaydi. Bunday narsaga o'rin yo'q. O'yin oldidan ham, hozir ham maqtayotganim, yuqori darajadagi futbolchilar, ajoyib murabbiy qo'l ostidagi katta mahorat egalari — ularning o'zi ham bu reaktsiyalarni biz kabi og'ir qabul qilganiga ishonaman».

Ispaniya murabbiyi ayni paytda o'z shogirdlarining maydondagi xulq-atvorini alohida ta'kidlab o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, ispan futbolchilari «tahqirlash va tajovuz aktlari», «provokatsiyalar»ga duch kelgan, bu esa vaziyatni yanada jiddiy to'qnashuvlarga olib borishi mumkin edi.

De la Fuente

Maydondagi tortishuvlar videoga olingan va qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan. Shunga qaramay, hozircha Argentina terma jamoasi o'yinchilariga nisbatan rasmiy jazo choralari qo'llanilgani yo'q. FIFA bu epizodlar bo'yicha tekshiruv boshlagan, u orqali jahon futboli bosh tashkiloti intizom kodeksi moddalari buzilgan-buzilmaganini aniqlash rejalashtirilgan.

Manba:Sports.uz
Ulashish: