FutboldeSport Tahririyati 9

Chelsi 52 millionga "Kristal Pelas"dan Lakruani sotib olmoqda

"Chelsi" klubi "Kristal Pelas" markaziy himoyachisi Maksans Lakruani sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi. Frantsiya terma jamoasi a'zosi, 26 yoshli futbolchi uchun londonliklar taxminan 52 million funt to'laydi.

Chelsi 52 millionga "Kristal Pelas"dan Lakruani sotib olmoqda

«Chelsi» klubi «Kristal Pelas» markaziy himoyachisi Maksans Lakruani sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Frantsiya terma jamoasi a'zosi, 26 yoshli futbolchi uchun londonliklar taxminan 52 million funt to'laydi.

Manbalarga ko'ra, Lakrua bugun «Chelsi» uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Agar barchasi rejaga muvofiq kechsa, u klub bilan olti yillik shartnoma imzolaydi.

O'tgan mavsumda Lakrua APLda 35 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, 2024 yilda «Kristal Pelas» Lakruani «Volfsburg»dan 18 million evro evaziga sotib olgan edi.

Lakrua
Manba:Sports.uz
Ulashish: