FutboldeSport Tahririyati 5

Braim Dias Frantsiyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi

Marokash milliy jamoasi hujumchisi Braim Dias 2026 yilgi jahon chempionati chorak finalida Frantsiya terma jamoasiga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Men doim maydonda mas'uliyatni o'z zimmamga olaman, bosim ostida o'ynash menga yo'qmaydi. Bunday o'yinlarda har bir futbolchi ishtirok etgisi keladi va men bunga tayyorman. Ertagagi bahs oldidan o'z kuchimga ishonaman va jamoa bilan birga maydonda borimizni berib o'ynaymiz.

Jamoadoshlarim katta yordam berishyapti, chunki biz juda jips jamoamiz. Oldimizda musobaqaning bosh favoritlaridan biri turibdi, lekin biz bu erdamiz, chunki Frantsiya bilan teng kurasha olamiz va o'zimiz ham sovrindorlikka da'vogarmiz. Ertaga g'alaba qozonishni istaymiz. Maydonga chiqib, qodir bo'lgan barcha narsamizni namoyish etamiz», — deya Diasning so'zlarini FIFAning rasmiy sayti keltiradi.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika hududida o'tkazilmoqda. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tgan finalda argentinaliklar Frantsiyani asosiy va qo'shimcha vaqtda 3:3 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag'lub etgan edi.

Braim Dias
Manba:Sports.uz
Ulashish: