Atletiko" Alvaresni sotishga tayyor, ammo "Barselona"ga emas
Atletiko" hujumchi Xulian Alvaresning transferi bo'yicha tushayotgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor, biroq "Barselona"ga sotishni istamaydi

"Atletiko" hujumchi Xulian Alvaresning transferi bo'yicha tushayotgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Jurnalist Matteo Moretto ma'lum qilishicha, klub rahbariyati futbolchini Ispaniya chempionatidan tashqari jamoaga sotishni ma'qul ko'radi. Shu ma'noda "Arsenal" qiziqish bildirgan klublar qatorida.
Shu bilan birga, Xulianning o'zi uchun asosiy variant sifatida "Barselona"ga o'tish qolmoqda. Jahon chempionati yakunlangach, kataloniyaliklar futbolchini qo'lga kiritish uchun yana bir bor urinishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Xulian Alvares 2024 yilda "Manchester Siti"dan "Atletiko"ga 75 million evro evaziga o'tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.