Real" himoyachisini sotib yubordi
Madridning "Real" jamoasi 26 yoshli himoyachi Fran Garsiyani "Betis" klubiga sotish bo'yicha kelishuvga erishdi. Garsiya "Betis" safini 4 million evro evaziga to'ldirishi kutilmoqda.

Madridning "Real" jamoasi 26 yoshli himoyachi Fran Garsiyani "Betis" klubiga sotish bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda futbol bo'yicha insayder Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Jurnalist ma'lumotiga ko'ra, Garsiya "Betis" safini 4 million evro evaziga to'ldirishi kutilmoqda.
Shuningdek, "Qirollik klubi" futbolchining keyinchalik boshqa jamoaga sotilishida tushadigan transfer pulining 50 foizini olish huquqini saqlab qoladi.
Fran Garsiya 2023 yildan buyon "Real" tarkibida to'p surib kelayotgan edi. U bungacha "Rayo Valekano" klubida o'ynagan. O'tgan mavsumda himoyachi madridliklar safida 23 ta o'yin o'tkazdi, bir gol urdi va bir marta golli uzatma amalga oshirdi.
