FutboldeSport Tahririyati 6

Barselona va Manchester Siti frantsuz futbolchisi uchun kurashishi mumkin

Barselona va Manchester Siti klubi frantsuz futbolchisi Eli Junior Krupi uchun kurashishi mumkin. Krupi hozirda Bornmut klubida o'ynayapti.

Barselona va Manchester Siti frantsuz futbolchisi uchun kurashishi mumkin

Barselona va Manchester Siti klubi frantsuz futbolchisi Eli Junior Krupi uchun kurashishi mumkin

«Bornmut» klubi hujumchisi Eli Junior Krupi bir vaqtning oʻzida bir nechta etakchi evropalik jamoalar diqqat markazida turibdi. Ishonchli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, soʻnggi haftalarda «Barselona» Krupini oʻz safiga qoʻshish imkoniyatini oʻrganmoqda. Kataloniya klubi bu variantni, avvalo, «Atletiko» bilan Xulian Alvares transferi boʻyicha kelishuvga erisha olmaslik ehtimoliga qarshi zaxira reja sifatida koʻrib chiqmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, shu oyning oʻzidayoq 20 yoshli forvard haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni «Manchester Siti» ham soʻrab olgan. Shu bilan birga, «Bornmut» rahbariyati frantsuz hujumchisini sotishga shoshilmayapti. Klub kelasi mavsumda Evropa Ligasida ishtirok etadi va jamoa rahbarlari Krupini ushbu musobaqada asosiy kuchlardan biri sifatida saqlab qolishni istamoqda.

Eli Junior Krupi

Transfermarkt portali mutaxassislarining bahosiga koʻra, Eli Junior Krupining transfer qiymati 70 million evro atrofida baholanmoqda.

Manba:Sports.uz
Ulashish: