FutboldeSport Tahririyati 9

Barselona Alvares uchun taklifni oshirishga tayyor

Barselona Xulian Alvaresni qo'lga kiritish rejasidan voz kechmagan. Kataloniyaliklar futbolchi uchun taklifni 130 million evrogacha oshirishga tayyor.

Barselona Alvares uchun taklifni oshirishga tayyor

«Barselona» yozgi transfer oynasida hujumchi Xulian Alvaresni qo'lg'a kiritish rejasidan hali voz kechgani yo'q. The Touchline nashri jurnalist Santi Ovallega tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar futbolchi uchun taklifni 130 million evrogacha oshirishga tayyor.

Shu bilan birga, «Atletiko»ga yaqin manbalar klub rahbariyati «Barselona» bilan Alvares bo'yicha muzokara olib borishni istamasligini ta'kidlamoqda.

Avvalroq «Barselona» 26 yoshli argentinalik hujumchi uchun 100 million evro taklif etgani ma'lum qilingan edi. Xabarlarga ko'ra, Xulian Alvaresning o'zi kataloniya klubiga o'tishni istaydi, biroq «Atletiko» bu borada qat'iy pozitsiyani saqlamoqda: madridliklar forvardni «Kamp Nou»ga qo'yib yuborish niyatida emas.

Barselona
Manba:Sports.uz
Ulashish: