FutboldeSport Tahririyati 18

Neymar katta futbol bilan xayrlashishi mumkin

Neymar mavsum yakunida «Santos»ni tark etishi deyarli aniq, u yoki boshqa jamoaga o'tadi, yoki professional faoliyatini yakunlaydi.

Neymar katta futbol bilan xayrlashishi mumkin

Braziliya milliy terma jamoasi va «Santos» klubi hujumchisi Neymar yaqin vaqtlarda katta futbol bilan xayrlashishi mumkin.

34 yoshli forvard mavsum yakunida tarkibidan joy olgan «Santos»ni tark etishi deyarli aniq, degan xabarlar tarqalmoqda. Globo nashri ma’lumoticha, Neymar dekabrgacha amal qiladigan shartnomasini oxirigacha bajaradi, shundan so’ng esa yoki boshqa jamoaga o’tadi, yoki professional faoliyatini yakunlaydi.

Neymar

Neymar o’tgan yil boshida o’zining ilk klubi – «Santos»ga qaytgan edi. Ungacha mashhur braziliyalik futbolchi «Al-Hilol», PSJ va «Barselona» tarkiblarida to’p surgan.

2026 yilgi jahon chempionatida Neymar Braziliya terma jamoasi safida ikki o’yinda maydonga tushib, bir gol urdi.

Hoziroq «Santos» Braziliya chempionatining joriy mavsumida 19-turdan so’ng turnir jadvalida 15-o’rinni egallab turibdi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: