Mourino Vinisius kelajagi boʻyicha qaror qabul qildi
Real Madrid bosh murabbiyi Joze Mourino Vinisius Juniorning kelajagiga oid qaror qabul qildi. Mourino yozgi transfer oynasida Vinisiusni sotish yoki ijaraga berishga qarshi chiqqan.

Madridning mashhur «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorning kelajagiga oid oʻz qarorini qabul qildi.
The Telegraph nashri maʼlumotiga koʻra, «Qirollik klubi»ning yangi ustozi yozgi transfer oynasida Vinisiusni sotish yoki ijaraga berish variantiga qarshi chiqqan. Mourino bu pozitsiyasini klub rahbariyatiga ham ochiq bildirgan.

26 yoshli futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali Vinisiusni 140 million evro atrofida baholamoqda. U 2018 yil yozidan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari Vinisius Junior klubni tark etishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan edi. Unga Angliyaning etakchi jamoalari — «Liverpul» va «Arsenal» tomonidan jiddiy qiziqish borligi aytilgan.