FutboldeSport Tahririyati 25

Volfburg klubi ilk bor Bundesligadan chiqib ketdi

Volfburg klubi ilk bor Bundesligadan chiqib ketdi, Paderborn 07 jamoasiga qarshi o'yinda mag'lub bo'ldi

Volfburg klubi ilk bor Bundesligadan chiqib ketdi

Volfburg klubi ilk bor Bundesligadan chiqib ketdi. Buni Paderborn 07 jamoasiga qarshi o'yinga javob uchrashuvidan so'ng ma'lum bo'ldi.

Oliy diviziondagi joy uchun o'tkazilgan pley-offning dastlabki uchrashuvida hisob ochilmagan edi. Javob o'yinida quyidagi rasm Volfburgning ahvolini ifodalaydi:

Volfburg - Paderborn 07

Quyi liga vakili Paderborn 07 futbolchilari „burlar“ni qo'shimcha taymdagi gol evaziga 2:1 hisobi bilan mag'lub etdi.

Statistika ekspertlarining ma'lum qilishicha, endi Volfburg 1997-yildan beri ilk bor ikkinchi Bundesligada ishtirok etadi. O'shanda „burlar“ turnir jadvalida ikkinchi o'rnini egallab, „Kayserslautern“ga yetakchilikni boy bergan bo'lsa-da, Germaniya oliy divizioniga chiqqan edi.

Volfburg o'z tarixida bir martadan Germaniya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo'lgan. Jamoaning Yevrokuboklardagi eng yuqori natijasi — 2015/2016-yilgi mavsumda Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqish hisoblanadi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: