FutboldeSport Tahririyati 68

Vensan Kompani: "Bavariya" hech qachon taslim bo'lmaydi

Chempionlar ligasida "Bavariya" murabbiyi Vensan Kompani Parij Sen-Jermen bilan o'yin haqida fikr bildirdi.

Vensan Kompani: "Bavariya" hech qachon taslim bo'lmaydi

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasida Parij Sen-Jermen (PSJ) ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat (4:5) haqida fikr bildirdi. Murabbiy diskvalifikatsiya sabab o'yinni tribunadan kuzatdi.

"O'yinni kuzatish menga yoqdi, ammo bu men uchun eng yaxshi joy emas. Bu futbolni sevuvchilar uchun o'yin bo'ldi. Bizning stadionda o'ziga xos bir narsa yuz berishi mumkin. Germaniyada olvili muhit bo'ladi. Bizga faqat javob o'yinida qaytib kelish imkoniyatini saqlab qolish kerak edi, 2:5 hisobida esa bu yana savol ostida edi. Biz hech qachon taslim bo'lmaymiz. Ular bizning uyga keladi va biz barcha kuchimizni beramiz, kerak bo'lsa o'lishga ham tayyorimiz. Biz ularni kutib olamiz va bu o'yinni intiqlik bilan kutmoqdamiz.

Vensan Kompani

2:5 da qo'rquv bo'ldimi? Yo'q, men pessimist emasman. Agar hech bo'lmaganda 1 foiz imkoniyat qolsa ham, hamma narsa o'zgarishi mumkinligini bilaman. Biz ishonamiz. Hozir hisob PSJ foydasiga, shuning uchun javob o'yinida g'alaba qozonishimiz shart", - dedi mutaxassis.

Bavariya
Parij Sen-Jermen
Chempionlar ligasi
Futbol
Stadion
Tribuna
Futbolchilar
Murabbiy
O'yin
Manba:Sports.uz
Ulashish: