FutboldeSport Tahririyati 5

“Tottenxem” sardori oʻziga boshqa jamoa tanladi

“Tottenxem” sardori Kristian Romero Italiyaning amaldagi chempioni “Inter” tarkibiga oʻtishga rozilik bildirdi.

“Tottenxem” sardori oʻziga boshqa jamoa tanladi

Angliya Premer-ligasi klubi “Tottenxem” sardori Kristian Romero Italiyaning amaldagi chempioni “Inter” tarkibiga oʻtishga rozilik bildirdi.

Romero oʻtgan yozdagina “Tottenxem” bilan yangi shartnoma imzolagan va jamoa sardori etib tayinlangan edi. Biroq yana bir omadsiz mavsumdan keyin argentinalik himoyachi klubini oʻzgartirishga qaror qilgan.

Kristian Romero

Jurnalist Sebastyan Vidal maʼlumotiga koʻra, “Inter” allaqachon Romeroning hamkorlik boʻyicha roziligini olgan va hozirda “Tottenxem” bilan transfer shartlari boʻyicha muzokara olib bormoqda.

Milan klubi Argentina terma jamoasining 28 yoshli himoyachisini 2026/2027 yilgi mavsum uchun ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Bitimga futbolchini keyinchalik 40 million evro (34,2 million funt sterling) evaziga majburiy sotib olish sharti kiritilishi kutilmoqda.

Manba:Sports.uz
Ulashish: