O'zbekiston sportideSport Tahririyati 5

Soʻgʻdiyona serbiyalik legioneri bilan shartnomani uzaytirdi

Soʻgʻdiyona klubi serbiyalik futbolchi Filip Ivanovich bilan shartnomani 2028 yilning 31 dekabriga qadar uzaytirdi.

Soʻgʻdiyona serbiyalik legioneri bilan shartnomani uzaytirdi

Soʻgʻdiyona klubi serbiyalik legioneri Filip Ivanovich bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.

"Filip Ivanovich bilan hamkorlik davom etadi! Soʻnggi yillarda jamoamizning muvaffaqiyatlarida muhim oʻrin tutib kelayotgan, Superliganing nomdor legionerlaridan biri Filip Ivanovich bilan mehnat shartnomasi muddati uzaytirildi. Unga koʻra, mahoratli himoyachi 2028 yilning 31 dekabriga qadar Soʻgʻdiyona sharafini himoya qiladi.

2025 yilning yozida jamoamiz safiga qoʻshilgan Ivanovich qisqa vaqt ichida muxlislar mehrini qozonib, jamoaning etakchi futbolchilaridan biriga aylandi.

Jamoamizning legioneriga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sogʻlik va yorqin gʻalabalar tilaymiz", - deyiladi xabarda.

Soʻgʻdiyona klubi
Manba:Sports.uz
Ulashish: