Shu summani toʻrt karra koʻpaytiring! Mundialda Oʻzbekistonga qarshi oʻynagan futbolchiga katta narx soʻrashdi
Rossiya Premyer-ligasida ishtirok etayotgan "Krasnodar" jamoasining kongolik hujumkor futbolchi Brayan Sipenga uchun "Almeriya" klubi 12 million evro taklif qilgan, ammo ispaniyaliklar bu summani umuman qoniqtirmagan.

Shu summani toʻrt karra koʻpaytiring! Mundialda Oʻzbekistonga qarshi oʻynagan futbolchiga katta narx soʻrashdi
Ispaniyaning “Almeriya” klubi Rossiya Premur-ligasida ishtirok etayotgan “Krasnodar” jamoasining kongolik hujumkor futbolchi Brayan Sipenga boʻyicha yuborgan taklifini qabul qilmadi.
Bu haqda jurnalist Kristian Vakero X ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi.
Manba maʼlumotiga koʻra, Rossiya klubi 20 yoshli futbolchi uchun 12 million evro taklif qilgan, ammo ispaniyaliklarni bu summa umuman qoniqtirmagan.

Qayd etilishicha, Sipengaga yana bir nechta klub qiziqish bildirmoqda va “Almeriya” futbolchi uchun shartnomada belgilangan 40 million evro tovon pulini olishni istamoqda.
Sipenga yaqindagina erkin agent sifatida “Almeriya”ga qoʻshilgan edi.
Kristian Vakeroning maʼlum qilishicha, futbolchi hatto klub safida birorta rasmiy oʻyin oʻtkazmasdan turib ham jamoani tark etishi mumkin. Chunki isteʼdodli yosh oʻyinchi 2026 yilgi jahon chempionatida salohiyatini koʻrsata oldi.
Kongo Demokratik Respublikasi milliy terma jamoasi safida Sipenga ikkita uchrashuv oʻtkazib, Oʻzbekistonga qarshi 72 daqiqa oʻynadi va pley-offda Angliya darvozasini ishgʻol qildi.