FutboldeSport Tahririyati 10

Argentina Shveytsariyani mag'lub etib, JCh-2026 yarim finaliga chiqdi

Argentina terma jamoasi JCh-2026 chorak finalida Shveytsariyani 3:1 hisobida mag'lub etib, yarim finalga chiqdi.

Argentina Shveytsariyani mag'lub etib, JCh-2026 yarim finaliga chiqdi

AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining chorak final bahslari davom etmoqda. Ushbu bosqich doirasida Argentina va Shveytsariya milliy terma jamoalari oʻzaro bahs olib bordi.

Mazkur bellashuvda amaldagi jahon chempionlari 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Dastlab, 10-daqiqada Aleksis Mak Allister hisobni ochdi. 67-daqiqada esa Dan Ndoye oʻz qanotidan jarima maydonchasiga kirib borib, hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqtda boshqa gol urilmadi va jamoalar qoʻshimcha boʻlimlarga yoʻl oldi.

Argentina - Shveytsariya

Ekstra taymlarda argentinaliklar Julian Alvaresning ajoyib goli evaziga yana oldinga chiqib oldi. 120+1'-daqiqada Lautaro Martines soʻnggi nuqtani qoʻydi — 3:1.

Shu tariqa, Lionel Skaloni shogirdlari yarim finalga yoʻl oldi va ushbu bosqichda Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: