FutboldeSport Tahririyati 6

Ronalduning jamoasi moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi

Saudiya Arabistoni chempioni "An-Nasr" klubi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib, iyun oyi uchun barcha futbolchilarga to'liq maosh to'lay olmagan.

Ronalduning jamoasi moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi

Saudiya Arabistoni chempioni hisoblangan "An-Nasr" klubi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelib, iyun oyi uchun barcha futbolchilarga to'liq maosh to'lay olmagan. Bu haqda Arriyadiyah nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, jamoaning bir nechta o'yinchilari yozning ilk oyi uchun maoshni qismangina qabul qilgan. Klub rahbariyati yaqin vaqt ichida barcha qarzlarni to'liq yopish ustida ish olib borayotgani qayd etilgan.

Moliyaviy muammolar sabab xoriatlik yarim himoyachi Marselo Brozovich jamoani tark etganidan so'ng uning o'rniga legioner futbolchi olish jarayoni ham vaqtincha to'xtab qolgan. Klub moliyaviy vaziyat aniqlashmaguncha yangi futbolchilar bilan muzokara boshlashni kechiktirmoqda.

Ronalduning jamoasi moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "An-Nasr" 2019 yildan buyon ilk bor Saudiya Arabistoni chempioni bo'ldi. Jamoa safida besh karra "Oltin to'p" sohibi, portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu ham to'p surmoqda.

Manba:Sports.uz
Ulashish: