Shakira Messining qilgan ishidan hayratga tushdi
Lotin Amerikasining mashhur qo'shiqchisi Shakira 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi uchrashuvdan so'ng Argentina terma jamoasi sardori va hujumchisi Lionel Messining o'yinini yuqori baholadi.

Messi ushbu bellashuvda ikki golli pas berib, jamoasiga 2:1 hisobida irodali g'alaba keltirdi.
- Messining qilayotgan ishi haqiqatan ham hayratlanarli! Bu o'z ishiga chuqur sadoqatli, intizomli insonning qadriyatlarini ko'rsatadi. U vaqt va turli qiyinchiliklarga qarshi kurashib, insonni yoshi yoki boshqalarning gapi emas, balki o'zining kimligi belgilashini isbotlayapti.
Va men bilamanki, uning yonida Antonela Rokutstso kabi ayolning borligi unga kuch va ilhom bag'ishlab, shularni namoyish etishga yordam beradi, — deb yozgan Shakira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi Ispaniya jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika hududida o'tkazilmoqda. Final bahsi AQShning Ist-Raterford shahrida bo'lib o'tadi.