FutboldeSport Tahririyati 8

TsSKA klubi Fabritsio Romanoni keskin ogohlantirdi

TsSKA klubi axborot xurujiga toʻqnash keldi. Moskva klubi matbuot xizmati mashhur insayder Fabritsio Romanoga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali keskin murojaat yoʻlladi.

TsSKA klubi Fabritsio Romanoni keskin ogohlantirdi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning sobiq jamoasi - Rossiya Premer-ligasi ishtirokichisi hisoblangan TsSKA klubi axborot xurujiga toʻqnash keldi.

Moskva klubi matbuot xizmati mashhur insayder Fabritsio Romanoga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali keskin murojaat yoʻlladi.

Bu murojaat Romanoning Argentinaning “Boka Xuniors” klubi vingeri Esekiel Sebalosga TsSKA yiliga 5 million evro maosh taklif qilgani haqidagi xabariga javob sifatida yangradi.

Romanoning maʼlum qilishicha, futbolchi TsSKAning yuqori maosh boʻyicha taklifini rad etib, “Napoli”ga oʻtishni maʼqul koʻrgan.

TsSKA matbuot xizmati esa quyidagilarni maʼlum qildi:

- Fabritsio, bemaʼni gaplarni tarqatishni bas qil. Sen hurmatga sazovor jurnalistsan. TsSKA hech qachon biror futbolchiga yiliga 5 million evro sof maosh taklif qilmagan.

“Boka” bilan muzokaralar fevral oyida yakunlangan, hech qanday bitim ham, futbolchiga shaxsiy shartnoma taklifi ham boʻlmagan.

Biz ushbu transfer oynasida vinger izlamayapmiz.

Bitimlarni reklama qilish va talablarni sunʼiy ravishda oshirish uchun klubimiz nomidan foydalanishni bas qil, - deyiladi TsSKA bayonotida.

TsSKA klubi

Eslatib oʻtamiz, Abbosbek Fayzullaev 2023 va 2025 yillar davomida TsSKA sharafini himoya qilgan. Iqtidorli futbolchimiz “armiyachilar” safida Rossiya kubogi va mamlakat Superkubogini qoʻlga kiritgan.

TsSKA oʻzbek futbolchisini “Paxtakor”dan 500 evroga olib, ikki mavsumdan keyin 2025 yilning yozida Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubiga 7,5 million evroga transfer qildi.

22 yoshli Abbosbek Fayzullaev turk klubi tarixidagi eng qimmat transfer egasi hisoblanadi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: