FutboldeSport Tahririyati 6

Argentina va Ispaniya o'rtasida tarixiy final

Jahon chempionati finalida Argentina va Ispaniya terma jamoalari o'zaro to'qnash keladi. Bu Evropa chempioni va Kubok Amerikasi g'olibi o'rtasidagi ilk uchrashuv

Argentina va Ispaniya o'rtasida tarixiy final

Jahon chempionati yakunlovchi bosqichiga yaqinlashar ekan, Argentina terma jamoasi finalga yo'l oldi. Yarim finalda argentinaliklar Angliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. Qizig'i shundaki, bu natija 1986 yilgi jahon chempionati chorak finalidagi mashhur o'yinni eslatdi – o'shanda ham Argentina aynan shu hisob bilan g'alaba qozongan edi.

Endilikda finalda Argentina Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Seshanba kuni bo'lib o'tgan ikkinchi yarim finalda Ispaniya terma jamoasi Frantsiyani ishonchli tarzda mag'lub etdi, raqib darvozasiga javobsiz ikki gol urdi va hal qiluvchi bahsga yo'llanma oldi.

Argentina - Angliya

Shu tarzda, jahon chempionatlari tarixida ilk bor finalda Evropa chempioni va Kubok Amerikasi amaldagi g'olibi o'zaro to'qnash keladi. Eslatib o'tamiz, jahon chempionati final uchrashuvi o'n to'qqizinchi iyul kuni bo'lib o'tadi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: