FutboldeSport Tahririyati 3

“Real” 213 million evrolik transfer uchun uch futbolchini sotuvga qoʻydi

Madridning “Real” klubi transfer bozorida faol ishlashda davom etmoqda va “Bavariya” qanot hujumchisi Maykl Olise uchun rekord darajadagi taklif tayyorlamoqda.

“Real” 213 million evrolik transfer uchun uch futbolchini sotuvga qoʻydi

Madridning “Real” klubi transfer bozorida faol ishlashda davom etmoqda va “Bavariya” qanot hujumchisi Maykl Olise uchun rekord darajadagi taklif tayyorlamoqda.

El Debate maʼlumotiga koʻra, madridliklar Germaniya klubiga 180 million evro hamda yana 33 million evro miqdorida bonus taklif qilishni rejalashtirgan. Shu tariqa, bitimning umumiy qiymati 213 million evroga etishi mumkin.

Agar transfer amalga oshsa, Olise Neymardan keyin futbol tarixidagi ikkinchi eng qimmat futbolchiga aylanadi.

Qayd etilishicha, “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olishga boʻlgan urinish muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan soʻng, “Real” butun eʼtiborini Olisega qaratgan. Biroq “Bavariya” rahbariyati avvalroq jamoa etakchilaridan biri bilan xayrlashish niyati yoʻqligini bildirgan edi.

Real Madrid

Ehtimoliy transferni moliyalashtirish uchun madridliklar bir vaqtning oʻzida uch nafar futbolchini sotuvga qoʻyishga tayyor. Manba maʼlumotiga koʻra, gap Alvaro Karreras, Din Xyoysen va Eduardo Kamavinga haqida ketmoqda. “Real” ularning transferlaridan taxminan 120 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bu yozda “Real” hozirgacha Bernardu Silva, Ibrohim Konate, Mark Kukurelya va Denzel Dyumfrisni oʻz safiga qoʻshib olgan, shuningdek bosh murabbiylik lavozimiga Joze Mourinoni qaytargan.

Manba:Sports.uz
Ulashish: