FutboldeSport Tahririyati 5

Klopp Germaniya terma jamoasini boshqaradimi?

Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi haqidagi savollarga munosabatini bildirdi.

Klopp Germaniya terma jamoasini boshqaradimi?

«Liverpul» va Dortmundning «Borussiya» klublarida muvaffaqiyatli ishlagan taniqli mutaxassis Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkinligi haqidagi savollarga oʻz munosabatini bildirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, hozircha milliy jamoani qabul qilib olish masalasini jiddiy oʻylab koʻrmagan. Bu haqda Klopp Magenta TV telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

- Bu haqda hali oʻylab ham koʻrmaganman. Nomzodim koʻrib chiqilayotganini juda yaxshi tushunaman, lekin bu haqda hozir gapirishning mavridi emas, — dedi Klopp.

Yurgen Klopp

Eslatib oʻtamiz, Yulian Nagelsmann boshqaruvidagi Germaniya terma jamoasi jahon chempionatining 1/16 finalida Paragvayga qarshi bahsda penaltilar seriyasida kutilmaganda magʻlubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi. Shunga qaramay, Nagelsmann hozircha oʻz lavozimini tark etish niyati yoʻqligini maʼlum qilgan.

Manba:Sports.uz
Ulashish: