Mbappé bir uchrashuvda toʻpurarlik rekordini oʻrnatib, uni yana darhol oʻzi yangiladi
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappé jahon chempionatlari pley-off bosqichlari tarixida eng koʻp gol urgan futbolchiga aylandi.

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappé jahon chempionatlari pley-off bosqichlari tarixida eng koʻp gol urgan futbolchiga aylandi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Shvetsiyaga qarshi oʻyinda Mbappé birinchi boʻlib hisobni ochdi. Uning goli 45-daqiqada kiritildi. Shu golning oʻziyoq yangi rekord boʻldi. Shu tariqa, Mbappé jahon chempionatlari pley-off bosqichlaridagi gollari sonini toʻqqiztaga etkazdi. U bu natijaga toʻqqiz oʻyinda erishdi. Bu koʻrsatkich boʻyicha u braziliyalik afsonalar — Leonidas (5 oʻyinda 8 gol) va Ronaldo (10 oʻyinda 8 gol) kabi yulduzlarni ortda qoldirdi.

Qizigʻi shundaki, Shvetsiya bilan uchrashuvning ikkinchi boʻlimida Kilian Mbappé ikkinchi toʻpini ham kiritib, oʻz rekordini oʻzi yangiladi. Ayni paytda Kilian Mbappé hisobida jahon chempionati pley-offlarida toʻqqizta uchrashuvda urilgan oʻnta gol bor va bu mutlaq rekord sifatida qayd etilgan.
Futbol boʻyicha jahon chempionati – 2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika hududida oʻtkazilmoqda.