FutboldeSport Tahririyati 2

Rasman! Angliya chempioni "Beshiktosh"ga oʻtdi

Londonning «Arsenal» jamoasida toʻp surib kelayotgan 31 yoshli hujumkor futbolchi Leandro Trossard bundan buyon Turkiyaning «Beshiktosh» klubi sharafini himoya qiladi.

Bu haqda turk klubi matbuot xizmati rasmiy sayti orqali maʼlum qildi.

Maʼlumotga koʻra, futbolchi bilan uch yillik shartnoma imzolangan, kelishuv yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini ham oʻz ichiga oladi. Transefmarkt portali maʼlumotlariga koʻra, transfer qiymati 18 million evroni tashkil etgan, shuningdek, londonliklar qoʻshimcha bonuslar sifatida yana 2 million evro oladi.

Leandro Trossard

Klub xabarida taʼkidlanishicha, belgiyalik futbolchi tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun allaqachon Istanbulga etib kelgan.

Eslatib oʻtamiz, Trossard 2023 yil qishida «Brayton» tarkibidan «Arsenal»ga 24 million evro evaziga koʻchib oʻtgan edi. U oʻtgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 50 ta oʻyinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va oʻnta golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: