FutboldeSport Tahririyati 6

Mbappé "Diktator" haqidagi virusli memga javob berdi

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappé "Diktator" haqidagi virusli memga javob berdi.

Mbappé "Diktator" haqidagi virusli memga javob berdi

Madridning «Real» jamoasi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappé jahon chempionati-2026 paytida ommalashgan navbatdagi internet-memga munosabat bildirdi.

Musobaqa davomida oʻtkazilgan oʻyinlardan birida tribunadagilar orasidagi muxlis qoʻlida Mbappé harbiy formada tasvirlangan plakatni koʻtarib turgani aks etgan surat tarqaldi. Bu kadr ijtimoiy tarmoqlarda tezda keng yoyilib, koʻplab kulgili mem va sharhlarga asos boʻldi. Fransiya terma jamoasi yulduzi bu holatga befarq qolmadi.

«Boshqa bunday qilmang», — deb qisqagina izoh qoldirdi Mbappé.

«Diktator Mbappé» (yoki «General Mbappé») memining ildizlari 2024 yil bahoriga borib taqaladi. Oʻshanda hujumchining yuristlari Marsel shahridagi kabob doʻkoni egasi Moxamed Xenniga nisbatan sudga murojaat qilish bilan tahdid qilgan edi. Sabab — menyudagi burgerni hazilomuz tarzda «yumaloq bulka, Mbappé boshiga oʻxshaydi» deb taʼriflagani. Shundan soʻng bloger futbolchini «diktatura»da aybladi.

Mbappé

Internetdagi bu hazil tez orada yirik trendga aylandi: Kilianni klub va terma jamoada barcha hokimiyatni qoʻlga olgan, avtoritar rahbar sifatida tasvirlash odatga aylandi. Unga «keraksiz» murabbiylarni (masalan, Xabi Alonso) chetlatish, transfer siyosatiga qattiq aralashish va jamoadoshlari ustidan qattiq nazorat oʻrnatish kabi «huquqlar» nisbat berilmoqda.

Jahon chempionati-2026 paytida mem yana bir bor avj oldi: ijtimoiy tarmoqlarda frantsuz yulduzini general kiyimida tasvirlovchi neyrotarmoq rasmlari ommaviy ravishda yaratilmoqda, stadionlarga harbiy formada kelayotgan muxlislar koʻpaydi, Mbappé hatto Kongo hukmdori Mobutu bilan ham qiyoslana boshlandi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: