Mundialdagi hujumchi Manchester superklubi nishoniga tushdi
«Kristal Pelas» hujumchisi Ismaila Sarr 2026 yilgi jahon chempionatidagi oʻyinlari bilan «Manchester Yunayted» skautlari eʼtiborini tortdi.

«Kristal Pelas» hujumchisi Ismaila Sarr 2026 yilgi jahon chempionatidagi oʻyinlari bilan «Manchester Yunayted» skautlari eʼtiborini tortdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaning maʼlum qilishicha, manchesterliklar Sarrga jiddiy qiziqib qolgan. Klub hujum chizigʻini kuchaytirish uchun bir necha pozitsiyada oʻynay oladigan universal futbolchi izlayotgani aytilmoqda. Sarr esa hujumdagi deyarli barcha vazifalarni bajara oladi.
Shuningdek, 28 yoshli senegallik futbolchining jahon chempionatidagi oʻyini ham «Manchester Yunayted» rahbariyatiga katta taassurot qoldirgan. Mundialda Senegal terma jamoasi safida u 4 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas muallifi boʻldi.
