JCh-2026: Keynning dubli Angliyani keyingi bosqichga olib chiqdi
Jahon chempionati-2026 1/16 bosqichida Angliya terma jamoasi Kongo DRni 2:1 hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichga chiqdi. Xarri Keynning dubli „uch sherlar“ foydasiga hal qiluvchi gollar bilan ajralib turdi.

Jahon chempionati — 2026 1/16 bosqichidan oʻrin olgan Angliya — Kongo DR uchrashuvi "uch sherlar" foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi.
Dastlab, kongoliklar vingeri Sipenga 7-daqiqada hisobni ochishga erishdi. Shundan soʻng afrikaliklar chuqur himoyaga yotishdi. Kongo DR darvozaboni Lionel Mpasining seyvlari 74-daqiqagacha jamoasiga gʻalaba keltirib turgan edi. Biroq Xarri Keyn boshi bilan zarba yoʻllab hisobni tenglashtirdi. 86-daqiqada Keyn dublni rasmiylashtirdi.

Xalqaro - Jahon chempionati
Raund 32
Angliya
Harry Kane 75'
Harry Kane 86'
Tugagan
2 : 1
21:00
Kongo Kinshasa
Brian Cipenga 7'