FutboldeSport Tahririyati 4

Jahon chempionati finaliga tayinlangan hakam yig'ladi

Sloveniyalik hakam Slavko Vinchich jahon chempionati finalida Argentina va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga bosh hakam etib tayinlanganini eshitgach, hissiyotlarini jilovlay olmadi

Jahon chempionati finaliga tayinlangan hakam yig'ladi

Sloveniyalik referi Slavko Vinchich jahon chempionati finalida Argentina va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga bosh hakam etib tayinlanganini eshitgach, hissiyotlarini jilovlay olmadi va ko'z yosh to'kdi.

Uchrashuv 19 iyul kuni AQShning Nyu-Jersi shtatida bo'lib o'tadi.

Vinchich final uchrashuvining bosh hakami etib tayinlanganini FIFA hakamlar departamenti rahbari Perluiji Kollinadan hakamlar uchun tashkil etilgan maxsus yig'ilishda eshitgan.

Ushbu xabardan keyin sloveniyalik hakam yig'lab yuborgan.

46 yoshli Slavko Vinchich 2024 yilda Evropa chempionati yarim finali va Chempionlar ligasi finalini ham boshqargan edi.

Qiziq jihati shundaki, Argentina terma jamoasi so'nggi marta jahon chempionatlarida 2022 yilda mag'lubiyatga uchragan bo'lib, o'shanda Lionel Skaloni shogirdlari guruh bosqichida Saudiya Arabistoniga 1:2 hisobida yutqazgan edi. Aynan o'sha uchrashuvni ham Slavko Vinchich boshqargan.

Slavko Vinchich
Manba:Sports.uz
Ulashish: