«Barselona» sport direktori: «Bir tomonda Messi, ikkinchi tomonda — «Barselona»
«Barselona» sport direktori Deku 2026 yilgi jahon chempionati finali haqida fikr bildirib, Ispaniya va Argentina terma jamoalari orasidagi uchrashuvda kimni favorit deb bilajagiga aloqida to'xtaldi.

«Barselona» sport direktori Deku 19 iyul kuni boʻlib oʻtadigan 2026 yilgi jahon chempionati finali haqida fikr bildirib, Ispaniya va Argentina terma jamoalari orasidigi uchrashuvda kimni favorit deb bilajagi haqidagi savolga javob berdi.
«Leo biz uchun abadiy oʻzimizniki. Tanlash juda qiyin. Bir tomonda – Leo. U nafaqat mening doʻstim, balki «Barselona» muxlislari uchun hammasiga oʻzini bagʻishlagan futbolchi. U – afsona. U koʻrsatayotgan oʻyin men uchun hali ham hayratlanarli. Boshqa tomonda esa «Barselona» futbolchilari bor. Shu bois bu oson qaror emas, ertaga barchaga diqqat bilan nazar tashlaymiz. Oʻylaymanki, final juda hayajonli oʻtadi», – deya Dekuni soʻzlarini COPE manbasiga tayanib Mundo Deportivo keltiradi.

Jahon chempionati finali AQShning Ist-Raterford shahrida joylashgan «Metlayf» stadionida oʻtkaziladi. Uchrashuv boshlanish vaqti – Toshkent vaqti bilan soat 23:59.