FutboldeSport Tahririyati 11

Real superoʻyinchi uchun Vinisiusni qurbon qiladi

«Bavariya» yarim himoyachisi Maykl Olise yozda «Real» tarkibida Vinisius Junior oʻrnini egallashi mumkin.

Real superoʻyinchi uchun Vinisiusni qurbon qiladi

«Bavariya» yarim himoyachisi Maykl Olise yozda «Real» tarkibida Vinisius Junior oʻrnini egallashi mumkin.

Maʼlumotlarga koʻra, frantsuz futbolchi shu mavsumdayoq Madrid klubiga oʻtishni istamoqda. «Qirollik klubi» rahbariyati ham bu transferni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi aytilmoqda. Biroq kelishuv arzonga tushmasligi aniq.

L'Equipe nashri yozishicha, «Real» joriy transfer oynasining oʻzidayoq Vinisius bilan xayrlashish variantlarini koʻrib chiqmoqda. Braziliyalik hujumchini sotish orqali tushadigan mablagʻ Oliseni sotib olishga yoʻnaltirilishi mumkin.

Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Vinisiusning bozor qiymati 140 million evro atrofida baholangan. Maykl Olisega qoʻyilgan narx esa shu manbaga koʻra 150 million evroni tashkil qiladi.

Vinisius Junior
Manba:Sports.uz
Ulashish: