FutboldeSport Tahririyati 4

Jahon chempionati-2026 finali Ispaniya — Argentina koʻchirilishi mumkin

Jahon chempionati-2026 final o'yini Ispaniya va Argentina terma jamoalari o'rtasida rejalashtirilgan joy o'zgarishi mumkin. Kanadadagi o'rmon yong'inlari sababli ko'chirilishi ehtimoli bor.

Jahon chempionati-2026 finali Ispaniya — Argentina koʻchirilishi mumkin

2026 yilgi jahon chempionati final bahsi o'tkazilishi rejalashtirilgan joy o'zgarishi mumkin. Ispaniya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi hal qiluvchi o'yin Kanadadagi o'rmon yong'inlari sababli ko'chirilishi ehtimoli bor.

Ma'lumotlarga ko'ra, yong'inlardan ko'tarilayotgan qalin tutun allaqachon AQShning shimoliy shtatlariga, jumladan Nyu-Djersigacha etib kelgan. Shuning oqibatida MLS ligasidagi «Chikago Fayr» – «Vankuver Uaytkeps» uchrashuvi bekor qilindi. JCh–2026 finali Ispaniya – Argentina o'yini 19 iyuldan 20 iyulga o'tar kechasi Nyu-Djersi shtatidagi Ist-Raterford shahrida joylashgan MetLife Stadium arenasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Jahon chempionati-2026

Musobaqa taqvimi o'zgarishi ehtimoli past deb baholanayotganiga qaramay, bunday stsenariy butunlay inkor etilmayapti. FIFA vakillari ta'kidlashicha, agar havodagi ifloslanish darajasi futbolchilar va tomoshabinlar sog'lig'i uchun xavf tug'dirsa, o'yin o'tkazish rejasiga tegishli o'zgartishlar kiritilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: