Frantsiya yulduzi ruhiy tushkunlikka tushib qoldi
Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Rayan Sherki ruhiy tushkunlikka tushgani xabar qilinmoqda. L’Equipe nashri yozishicha, futbolchi kechalari uxlashda qiynala boshlagan.

Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Rayan Sherki ruhiy tushkunlikka tushgani xabar qilinmoqda.
L’Equipe nashri yozishicha, futbolchi kechalari uxlashda qiynala boshlagan. Manbalarga koʻra, uning ruhiy holati toʻgʻridan-toʻgʻri futbol bilan bogʻliq emas. Biroq jahon chempionatida maydonga kam tushayotgani, oʻyin vaqtidan qoniqmayotgani vaziyatni yanada ogʻirlashtirmoqda.
Frantsiya terma jamoasi murabbiylar shtabi futbolchining psixologik ahvolidan xabardor.
Jahon chempionatida Rayan Sherki toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan, ammo jami 55 daqiqa oʻynashga muvaffaq boʻlgan, xolos. Yarim himoyachi haligacha gol yoki golli pas bilan ajralib turmadi, u barcha uchrashuvlarda faqat zaxiradan maydonga tushirilgan va 65-daqiqadan oldin oʻyinga qoʻshilmagan.
