FutboldeSport Tahririyati 6

Frantsiya klubiga gʻalati taklif: Farm-klub boʻlish taklifi

Frantsiyaning vitse-chempioni «Lans» klubi prezidenti Jozef Ugurlyan ingliz klublaridan biri farm-klub boʻlish taklifini olganini maʼlum qildi.

Frantsiya klubiga gʻalati taklif: Farm-klub boʻlish taklifi

Frantsiyaning vitse-chempioni «Lans» klubi prezidenti Jozef Ugurlyan uning jamoasiga Angliya klublaridan biri farm-klub boʻlish taklifini bildirganini maʼlum qildi.

Inglizlarning bu talabi, klub rahbarining gʻazabini keltirdi. Unga koʻra, bu variant mutlaqo qabul qilib boʻlmaydigan yoʻl hisoblanadi.

- Bu mutlaqo aqlga sigʻmaydigan narsa! Ha, bizga bunday taklif boʻlgan, lekin men hech qachon bunday yoʻlni koʻrib ham chiqmayman. Bu klubning DNKsiga zid.

Qachongacha kuchimiz etishidan qatʼi nazar, biz bunday narsaga rozilik bermaymiz. Balki menda aqliy jihatdan nimadir etishmas, lekin shaxsan men bu ligamiz uchun juda qaygʻuli holat, deb oʻylayman.

Biz – Frantsiyamiz, jahon chempionati yarim finaliga chiqqan mamlakatmiz, dunyoda eng koʻp futbolchi tayyorlaydigan yurtmiz.

Biz APL uchun «B liga»ga aylanish emas, undan ham yuqori maqsadlarga intilishimiz kerak!, — deya Jozef Ugurlyanning soʻzlarini L'Equipe nashri keltirdi.

Eslatib oʻtamiz, 2025/2026 yilgi mavsumda «Lans» Frantsiya kubogini qoʻlga kiritdi va Liga 1 chempionatida 2-oʻrinni egalladi.

Taʼkidlash joizki, Frantsiya klublari Evropaning top-ligalaridagi klublar uchun isteʼdodlarni tarbiyalab beradigan oʻziga xos fabrikaga aylanib ulgurgan.

Xususan, bugungi kunda jahon futbolida eng zoʻr himoyachilardan biri sifatida eʼtirof etilayotgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham aynan Liga 1 toʻqnashuvlarida etilgan charm toʻp ustalaridan hisoblanadi.

Abduqodir Husanov

«Lans» klubi Aduqodirni 2023 yilning yozida Belarusning «Energetik-BGU» klubidan transfer qildi. Husanov aynan mana shu jamoa safida «koʻhna qitʼa»ning top-ligasi darajasida debyut qildi, Evropa chempionlar ligasida oʻynadi, haqiqiy Evropa futbolidan bahramand boʻldi.

Lansliklar safida bir yarim yil oʻynab, oʻz salohiyatini namoyish qilgan oʻzbek futbolchisini 2025 yilning 20 yanvarida «Manchester Siti» 50 million evro evaziga oʻz safiga qoʻshib oldi.

Manba:Sports.uz
Ulashish: