FIFA mundial finalida futbol qoidalarini buzadi
FIFA 2026 yilgi jahon chempionati finalida futbol qoidalaridan chetga chiqishga tayyor. Taymlar orasidagi tanaffus odatdagidan ancha uzoq – 30 daqiqagacha bo'ladi.

FIFA 2026 yilgi jahon chempionati finalida futbol qoidalaridan chetga chiqishga tayyor. The Times nashri jurnalisti Martin Tsigler xabariga koʻra, mundial finalida taymlar orasidagi tanaffus odatdagidan ancha uzoq – 30 daqiqagacha bo'ladi.
Bu vaqt davomida tomoshabinlarga katta sahna shousi namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Jahon chempionati final bahsi yakshanba, 19 iyul kuni boʻlib oʻtadi.
Amaldagi jahon chempioni – Argentina terma jamoasi. 2022 yilgi finalda Lionel Messi boshchiligidagi jamoa Frantsiyani dramatik oʻyinda magʻlub etgan: asosiy va qoʻshimcha vaqt 3:3 hisobida yakunlanib, penaltilar seriyasida argentinaliklar ustun kelgan edi.
