FutboldeSport Tahririyati 4

Barsa prezidenti Xulian Alvares transferi boʻyicha bayonot berdi

Barselona prezidenti Joan Laporta Xulian Alvaresni jamoaga olib kelish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

Barsa prezidenti Xulian Alvares transferi boʻyicha bayonot berdi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta Madridning «Atletiko» klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvaresni jamoaga olib kelish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

- Biz Xulian boʻyicha rasmiy taklif berdik va endilikda qarorni «Atletiko» qabul qiladi. Taklifimiz juda yaxshi, ammo u abadiy kuchda boʻlmaydi.

Flik ham, Deku ham Xulianni jamoada koʻrishni istashyapti... Lekin agar «Atletiko» rozilik bermasa, biz boshqa variantlar ustida ishlaymiz, — dedi Laporta.

Uning soʻzlariga koʻra, kataloniyaliklar hujum chizigʻini kuchaytirish uchun zaxira rejaga ham ega: «Agar Xulian oʻtmasa, B reja bor. Deku ishni toʻxtatgani yoʻq, bir nechta nomzodlar koʻrib chiqilyapti va u klub uchun eng maqbul variantni tanlashi kerak», — deya Laportaning fikrlarini jurnalist va insayder Fabritsio Romano keltiradi.

Eslatib oʻtamiz, Xulian Alvares Argentina terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi jahon chempionati finalida Ispaniya jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Barselona prezidenti Xulian Alvares
Manba:Sports.uz
Ulashish: